Sport | 00:07 / 23.11.2018
24226
2 daqiqa o‘qiladi

Shaxmat bo‘yicha jahon chempioni unvoni uchun bahsda o‘ziga xos rekord o‘rnatildi

Foto: @riga_niki

Norvegiyalik shaxmat ustasi, amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen va amerikalik Fabiano Karuana Londonda o‘tayotgan, jahon chempioni unvoni uchun bahsning 9 ta ilk partiyasida durang natija qayd qilishdi.

Ular shu tariqa shaxmat toji uchun kurashning durang natija bilan tugagan ilk partiyalari soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatishdi. Avvalgi rekord 1995 yilda Nyu-Yorkda rossiyalik Garri Kasparov va hindistonlik Vishvanatan Anand o‘rtasidagi uchrashuvda qayd qilingandi. Shaxmatchilar ilk 8 ta partiyada durang natija qayd qilishgan.

9-partiyada oq donalar bilan o‘ynagan Karlsen ustunligidan foydalana olmagan va partiya 56-yurishda pot bilan yakunlangan.

Umumiy hisob 4,5:4,5. Keyingi partiya bugun, 22 noyabrda o‘tishi belgilangandi.

Musobaqalar tartib-qoidalariga ko‘ra, raqiblar vaqtni nazorat qilgan holda umumiy hisobda 12 ta partiya o‘tkazishlari kerak. Agar hisob teng bo‘lsa, ular yana bitta tezkor partiya o‘tkazishadi, so‘ngra zarurat tug‘ilsa, blits va oq donalarga 5 daqiqa, qora donalarga 4 daqiqa ajratilgan, biroq oqlar yutishi kerak bo‘lgan mini-partiya o‘tkazishadi.

Karlsen 2013 yildan beri shaxmat tojini o‘zida saqlab kelmoqda. U tojni Vishvanatan Anandga qarshi bahsda qo‘lga kiritgan. Norvegiyalik shaxmat ustasi 2016 yil noyabrda unvoni himoyasida rossiyalik Sergey Karyakinni tay-brekda mag‘lub etgan.

Mavzuga oid