Jahon | 14:39 / 23.11.2018
23742
2 daqiqa o‘qiladi

Saratov oblastida g‘altak mashina O‘zbekiston fuqarosini bosib ketdi

Foto: Saratov.ru

Saratov oblasti Volskiy tumanida yuz bergan baxtsiz hodisa oqibatida jabrlangan O‘zbekiston fuqarosi jonlantirish bo‘limiga olib ketildi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

Aniqlashtirilgan ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa 22 noyabr kuni Sennaya posyolkasi yaqinida, «Sizran - Volgograd» federal trassasining 198-kilometrida yuz bergan. 1994 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi jonlantirish bo‘limiga yotqizildi.

«Gazel» ishchilar guruhini obektga olib keldi. Migrantga kimdir qo‘ng‘iroq qilgan, bu paytda u yo‘l chetida turgandi. Erkak gaplashish uchun chetroqqa chiqib, trotuarlar uchun mo‘ljallangan yo‘l g‘altak mashinasiga suyandi. Mashina yurib ketib, uni bosib yubordi», - deya xabar qilmoqda «Volsk.ru» portali o‘z manbalariga tayangan holda.

O‘zbekiston fuqarosi og‘ir ahvolda Volskka olib borildi. Tuman shifoxonasida unda ochiq bosh miya jarohati aniqlandi.

Ro‘y bergan hodisaning barcha tafsilotlari huquq-tartibot xodimlari tomonidan aniqlashtirilmoqda.

Mavzuga oid