«Bunyodkor» Superligani nechanchi o‘rinda yakunlashi oydinlashdi

Foto: Videodan kadr
Superligada kecha boshlangan 31-tur o‘yinlari davom etmoqda. Bugun ham tur doirasida faqat bitta bahs – «Bunyodkor»-«Metallurg» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Toshkentda ertalabdan yog‘gan yomg‘ir ushbu o‘yin boshlanishiga borib qorga aylandi, natijada «Milliy» stadioni maydoni yana ham qoniqarsiz ahvolga kelib qoldi. Shunday sharoitda o‘yindan gol kiritilishi qiyin masala edi va amalda ham shunday bo‘ldi: yagona gol penaltidan urildi. 50-daqiqada Aziz Haydarov 11 metrlik nuqtadan aniq zarba yo‘llab, mezbonlar g‘alabasini ta'minladi.
O‘yindan oldin ikki jamoa yetakchilar guruhining 4-5 o‘rinlarida borayotgan, o‘rtadagi farq 2 ochkoni tashkil etayotgandi. Bugungi natijadan so‘ng, chempionat yakunlanishiga bir tur qolganda, chempionlik guruhining ikkinchi yarmidagi jamoalar qaysi o‘rinlarda musobaqani yakunlashi oydinlashdi. Demak, Superligani «Bunyodkor» to‘rtinchi, «Metallurg» va «Buxoro» klublari mos ravishda 5-6 o‘rinlarda yakunlashadi.
So‘nggi 32-tur uchrashuvlari 29-30 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Unga qadar ertaga va indinga yana to‘rtta bahs bor. Dushanba kungi «Lokomotiv»-«Paxtakor» o‘yini chempionlik masalasiga oydinlik kiritishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha turning ilk o‘yinida «Qizilqum» va «Neftchi» klublari o‘zaro durang (1:1) qayd etgan edi.
Superliga
31-tur, 24 noyabr
Bunyodkor – Metallurg – 1:0 (0:0)
Gol: Haydarov (50, pen.)
Hakamlar: Sherzod Qosimov, Andrey Tsapenko, Sanjar Shoyusupov, Sultonmurod Abdurahmonov.
Nazoratchi: Sulton Zaylobidinov.
Komissar: Alisher Fayziyev.
23 noyabr
«Qizilqum» - «Neftchi» 1:1
Gollar: Alisher Sanoyev (70) - Andrey Sidorov (68)
Amalga oshirilmagan penalti: Gevorkyan («Qizilqum», 90, noaniq)
25 noyabr, yakshanba
15:00 Qo‘qon-1912 — So‘g‘diyona
15:00 Nasaf — OKMK
15:00 Buxoro — Navbahor
26 noyabr, dushanba
18:00 Lokomotiv — Paxtakor
Mavzuga oid

14:40 / 07.04.2025
«Paxtakor» «So‘g‘diyona»ga ham yutqazdi, «Bunyodkor» birinchi o‘rinda

08:16 / 24.03.2025
Bunyodkor shohko‘chasida Tracker-2 va Damas to‘qnashdi

17:43 / 30.11.2024
Superliga. «Metallurg» «Nasaf»ni mag‘lub etib «Lokomotiv»ni Proligaga ravona qildi, OKMK o‘z tarixida ilk bor kumush medallarni qo‘lga kiritdi

19:03 / 18.11.2024