Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parijda Eyfel minorasi yopiladi. Benzin narxining oshishiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tadi
Fransiya poytaxtida Eyfel minorasi norozilik namoyishlari tufayli yopiladi. Bu haqda diqqatga sazovor joyning tvitterida xabar berildi.
«Eyfel minorasi 24 noyabr kuni yopib qo‘yiladi, bu Mars maydonida o‘tkaziladigan namoyishlar tufayli yuz beradi», - deyiladi xabarda.
TASS ma'lumotiga ko‘ra, gap benzin narxining o‘sishi va soliqlarning oshirilishiga qarshi norozilik namoyishlari haqida bormoqda.
Ta'kidlanishicha, taxminan 30 mingga yaqin odam Parijga aksiyalarda ishtirok etish maqsadida kelmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyada yoqilg‘i narxining ko‘tarilishiga qarshi ommaviy noroziliklarda bir kishi halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
10:18 / 18.04.2025
Parijda AQSh, Yevropa va Ukraina o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi
14:20 / 15.04.2025
Parij: Jazoir 12 nafar fransiyalik amaldorni chiqarib yuboryapti
14:10 / 07.04.2025
Parijda Marin Le Penni qo‘llab-quvvatlash namoyishi bo‘lib o‘tdi
18:55 / 01.04.2025