Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ilk marta PaymeGo va Click Pass mobil xizmatlari bir vaqtda korzinka.uz tarmog‘ida qabul qilinishni boshladi
23 noyabr kuni korzinka.uz supermarketlar tarmog‘ida O‘zbekistonda ilk marta PaymeGo va Click Pass mobil xizmatlari bir vaqtning o‘zida to‘lov uchun qabul qilinishni boshladi. Bu haqda Telegram kanalida xabar qilindi.
Tarmoqning yil boshidan buyon ikkala xizmat bilan olib borgan keng hajmdagi ishlari, bular birinchi galda:
- Kassa skanerlarining maxsus turdagilariga almashtirilishi
- integratsiya jarayoni natijasida 300dan ortiq kassa hududlarida yangilanish ishlari tashkil etildi.
Ushbu 2 xizmat turining asosiy ustunliklari shundaki:
- Karta to‘lov mobaynida jisman qatnashishiga hojat yo‘q. Bu esa uni uyda (biror joyda) unutib qoldirganda qo‘l keladi;
- do‘konda xaridor plastik kartaning o‘rniga kassirga smartfoni ekranida QR-kodni ko‘rsatadi;
- terminalga karta ulanib, qiymat va PIN kod kiritilishiga sarflanadigan vaqt sezilarli darajada qisqaradi, chunki kassir QR-kodni skanerlaydi va kerakli qiymat plastik kartadan ko‘chirib olinadi.
- Xavfsizlik jihatidan QR-kod faqat 1 to‘lovga mo‘ljallangan, pulni ikkinchi marta yechib olib bo‘lmaydi. QR-kod amal qilish muddati - 30 soniya.
Hozirgi vaqtda PaymeGo va Click Pass mobil xizmatlari Toshkent shahri va viloyatidagi barcha korzinka.uz, DISKONT va Smart supermarketlarida ishlamoqda. 2019-yilning boshida viloyatlardagi korzinka.uz DISKONT do‘konlarida ham ushbu yangilikni joriy etish mo‘ljallangan.
REDTAG zamonaviy kiyim-kechaklar do‘konlari tarmog‘ining esa respublikadagi barcha do‘konlarida amal qilmoqda.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
11:26 / 05.05.2025
Click ustun mavqega ega raqamli platforma deb topildi
19:00 / 03.04.2025
Yashil Meros: Har bir Click foydalanuvchisi O‘zbekistonni ko‘kalamzorlashtirishga hissa qo‘sha oladi
19:00 / 19.02.2025
Payme’da shaxsni tasdiqlash: bu nima uchun kerak va qanday o‘tish mumkin?
14:43 / 30.01.2025