Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Libertadores kubogi finali uchrashuvi tartibsizliklar sababli bir kun keyinga ko‘chirildi
Libertadores kubogi finalining Argentinaning “River Pleyt” va “Boka Xuniors” klublari o‘rtasidagi javob uchrashuvi muxlislar uyushtirgan tartibsizliklar sababli 25 noyabrga ko‘chirildi. Bu haqda KONMeBOL ma'lum qildi.
Uchrashuv “River Pleyt”ning Buenos-Ayresdagi stadionida 24 noyabrda o‘tishi kerak edi. U “Boka” o‘yinchilari avtobusiga muxlislar tomonidan hujum qilingani sababli ikki marta bir soatga kechiktirilgan.
Avtobusga “Monumental” stadioniga yo‘l olishi vaqtida turli buyumlar uloqtirilgan. Politsiya muxlislarni tarqatish uchun rezina o‘qlar, ko‘zni achishtiruvchi gaz va suvotgichlar qo‘llagan.
Futbolchilarning ta'kidlashicha, avtobusga tutun shashkasi tushishi oqibatida ko‘plab o‘yinchilar is gazidan zaharlanishgan. Bir necha futbolchi kesik jarohatlari olgan. Voqeadan keyin ko‘zidan jarohat olgan “Boka” sardori Pablo Peres, yarim himoyachi Gonsalo Lamardo va hujumchi Karlos Teves shifoxonaga yetkazilganlar, biroq ko‘p o‘tmay stadionga qaytganlar.
“Boka” rahbariyati o‘yinchilar jarohat olgani sababli o‘yinning keyinga kunga ko‘chirilishini talab qilgan. “River Pleyt” murabbiyi Marselo Galyardo raqib jamoa stadionga chiqishdan bosh tortsa, buni qo‘llab-quvvatlashini aytgan. Teves maydonga qaytgach, jamoa o‘ynay olmasligini aytgan. KONMeBOL rahbari Alexandro Dominges va FIFA prezidenti Janni Infantino esa o‘yinning ko‘chirilishiga qarshi chiqishgan.
LAMENTABLE#AbstractoNL Así fue la agresión al camión de Boca Juniors en su camino al Monumental #BocaxFOX #RiverxFOX #RiverBoca pic.twitter.com/Rv0eyvo03p
— Abstracto Noticias (@AbstractoNL) 24 noyabrya 2018 g.
11 noyabrda o‘tgan birinchi uchrashuv 2:2 hisobida yakunlangandi. O‘shanda ham o‘yin yomg‘ir sababli bir kunga qoldirilgandi.
Libertadores kubogi 1960 yildan beri o‘tkazib kelinadi va Janubiy Amerikaning eng nufuzli klublararo musobaqasi hisoblanadi. Musobaqa tarixida Buenos-Ayresning “Boka” va “River” jamoalari ilk bor finalda to‘qnash keldilar.
Bu ikki klub qarama-qarshiligi jahon futbolidagi eng murosasizlaridan biri hisoblanadi. Ayni vaqtda “River” Argentinaning eng unvondor klubi hisoblanib, mamlakat chempionatini 36 marta, Libertadores kubogini 3 marta yutgan. “Boka” esa mamlakat chempionatida 33 marta yutgan, biroq Libertadores kubogida 6 marta zafar quchgan.
2015 yilda musobaqaning ushbu ikki klub to‘qnash kelgan chorakfinal uchrashuvida 2-bo‘lim boshlanishi oldidan “Boka” muxlislaridan biri “River”ning maydonga chiqayotgan o‘yinchilaridan biriga garmdori ballonchasini uloqtirgan. Buning oqibatida 4 futbolchi jiddiy jarohat olgan. Natijada uchrashuv to‘xtatilib, “Boka”ga texnik mag‘lubiyat berilgan va jamoa musobaqani tark etishiga to‘g‘ri kelgan. Bu o‘yin ikki jamoaning tartibsizliklar sababli oxirigacha o‘ynalmay qolgan yagona o‘yin hisoblanadi.
Mavzuga oid
23:59 / 29.07.2023
Kavani – «Boka Xuniors» futbolchisi
08:47 / 30.10.2022
«Flamengo» Skolari jamoasini mag‘lub etib, 3-bor Libertadores Kubogida g‘olib bo‘ldi
16:20 / 24.10.2022
«Boka Xuniors» - 29 karra Argentina chempioni
05:07 / 24.11.2019