Sport | 17:14 / 25.11.2018
9847
3 daqiqa o‘qiladi

«Navbahor» safarda «Buxoro»ni yengdi, «Nasaf» o‘z maydonida 2:0 hisobini ushlab qola olmadi

Foto: "Buxoro" matbuot xizmati

Superligada 31-tur yakunlanib bormoqda. Bugun Qo‘qon, Buxoro va Qarshi shaharlari yilda so‘nggi marta chempionat o‘yinini qabul qildi.

Muddatidan oldin bronza medali sohibi bo‘lib ulgurgan «Navbahor» bu turda «Buxoro» maydoniga safar qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

«Nasaf»-OKMK o‘yinida mezbonlar birinchi bo‘limdan keyingi 2:0 hisobini saqlab qola olmay, durang natija qayd etishdi. Vaholanki, qarshiliklarning musobaqa jadvalidagi asosiy raqibi «Qizilqum» turning ochilish o‘yinida durang o‘ynagan, natijada qarshiliklarda ularni quvib o‘tish uchun ajoyib imkoniyat yuzaga kelgandi.

So‘nggi 4ta turdan uchtasida g‘alaba, bittasida durang qayd etgan «Qo‘qon-1912» bu safar «So‘g‘diyona»ni mag‘lub eta olmadi. Bir-birini 1 ochko ajratib turgan ikki klub o‘rtasidagi bahsda hisob ochilmadi.

Ertaga bo‘lib o‘tadigan «Lokomotiv» - «Paxtakor» o‘yini bilan 31-turga yakun yasaladi. Superliganing mavsumdagi so‘nggi o‘yinlari kelasi hafta payshanba-juma kunlariga belgilangan.

Superliga
31-tur, 25 noyabr
BUXORO — NAVBAHOR – 1:2 (1:1)
Gollar: Salamat Qutibayev (45) – Aliyev Azam (37), Sherzodbek Karimov (64).
Hakamlar: Aziz Asimov, Shoxruh A'zamov, Ravshan Kapadze, Firdavs Norsafarov. 
Nazoratchi: Noil Lutfullin. 
Komissar: Rodion Kondratev.

NASAF — OKMK – 2:2 (2:0)
Gollar: Bobir Abduxoliqov (19), Islom Kenjaboyev (30) – Shohnazar Norbekov (59), Vladislav Kasminin (78).
Hakamlar: Valentin Kovalenko, Avaz Abdullayev, Maksim Nexochin, Rustam Lutfullin.
Nazoratchi: Sardar Najafaliyev. 
Komissar: Oybek Yunusov.

QO‘QON-1912 — SO‘G‘DIYoNA – 0:0
Hakamlar: Viktor Serazitdinov, Timur Galeyev, Aleksandr Sidorov, To‘rabek Suyunov. 
Nazoratchi: Dmitriy Roman.
Komissar: Ma'mur Saidqosimov.

23 noyabr
QIZILQUM – NeFTChI – 1:1 (0:0)

Gollar: Alisher Sanoyev (70) - Andrey Sidorov (68)
Amalga oshirilmagan penalti: Gevorkyan («Qizilqum», 90, noaniq)

24 noyabr
BUNYoDKOR – MeTALLURG – 1:0 (0:0)

Gol: Haydarov (50, pen.)

26 noyabr, dushanba
18:00. Lokomotiv — Paxtakor

32-turning barcha o‘yinlari soat 18:00da boshlanadi.
29 noyabr, payshanba
So‘g‘diyona – Nasaf
OKMK – Qizilqum
Neftchi – Qo‘qon-1912

30 noyabr, juma               
Navbahor – Lokomotiv
Paxtakor – Bunyodkor
Metallurg – Buxoro

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid