Sport | 07:50 / 25.11.2018
41934
1 daqiqa o‘qiladi

Shahram G‘iyosov ilk raunddayoq g‘alaba qozonib, o‘z seriyasini davom ettirdi

Foto: Twitter / @Main_Events

Olimpiya o‘yinlari sovrindori, havaskor boksda jahon chempioni Shahram G‘iyosov Atlantik-Siti shahridagi «Hard Rock Hotel & Casino» arenasidagi professional boks kechasida navbatdagi jangini o‘tkazadi.

G‘iyosovga meksikalik tajribali bokschi Migel Zamudio (51-11-1, 25 KO) raqiblik qildi.

O‘zbekistonlik bokschi ilk soniyalardanoq tajribali raqibni nokdaun holatiga tushirdi. Birinchi raund davomida yana ikki bor nokdaun holati kuzatildi va referi jangni to‘xtatdi.

Texnik nokaut orqali g‘alabaga erishgan Shahram G‘iyosov g‘alabali seriyasini 6 o‘yinga yetkazdi. Ma'lumot uchun, Shahram bugungi kungacha professional boksda 5ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan, u 4ta bahsni muddatidan oldin yakunlay olgandi.

Youtube'da ko‘rish

Mover.uz'da ko‘rish

Mavzuga oid