Jahon | 09:56 / 25.11.2018
11309
1 daqiqa o‘qiladi

Uganda shahzodasi bo‘lgan kema halokatga uchradi

Foto: Twitter /SecurityWatchk

Ugandada Viktoriya ko‘lida kemaning halokatga uchrashi oqibatida 10 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 40 dan ko‘proq qishini qutqarishga muvaffaq bo‘lindi. Bu haqda mamlakat politsiyasi ma'lum qildi. 

“Uganda politsiyasining dengiz bo‘linmasi Viktoriya qo‘lida 40 dan ko‘proq odamni qutqarib qoldi. 10 kishi halok bo‘lgan. Qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda”, deb aytilgan politsiyada. 

Kampala Post mahalliy nashrining ma'lum qilishicha, kema to‘ntarilib ketgan. Undagi yo‘lovchilarning aniq soni noma'lum.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, kemada Buganda qirolligining shahzodasi Daudi Kintu Vasaja, Buganda hukmdori Ronald Mutebining ukasi bo‘lgan. Ma'lum qilinishicha, shahzodani qutqarishga muvaffaq bo‘lingan. 

Mavzuga oid