Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida Butunjahon shaxmat olimpiadasi. O‘zbekiston g‘alaba bilan boshladi
2018 yilning 24 noyabridan 3 dekabriga qadar Turkiyaning Konya shahrida 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha Butunjahon olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, ushbu musobaqada O‘zbekiston sharafini Nodirbek Yoqubboyev, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Shamsiddin Vohidov i Sitora Saparova himoya qilmoqda. Jamoa murabbiyi - Saidali Yo‘ldoshev.
O‘zbekiston terma jamoasi birinchi raundda Vengriya termasini 4-0 hisobida mag‘lub etdi.
Nodirbek Abdusattorov (2560) birinchi doskada Ferents Kombochni (2290) taslim qilgan bo‘lsa, Nodirbek Yoqubboyev (2549) ikkinchi doskada Endre Schikiga (2282) hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Javohir Sindorov (2513) uchinchi doskada Marsel Borxi (2201) ustidan zafar quchdi.
Sitora Saparova (1848) to‘rtinchi doskada reyting bo‘yicha o‘zidan ancha kuchli raqibi Agoston Yuxasni (2139) mag‘lubiyatga uchratdi.
Mavzuga oid
20:59 / 16.04.2025
Har yili dekabrda «Prezident Olimpiadasi» o‘tkaziladi
16:56 / 11.11.2024
Toshkentlik o‘qituvchi olimpiadada muvaffaqiyatli qatnashgan o‘quvchilari uchun 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
18:03 / 09.09.2024
“Parij olimpiadasi men uchun qiyin kechdi” – Ulug‘bek Rashitov
11:49 / 05.09.2024