Sport | 11:00 / 26.11.2018
3672
4 daqiqa o‘qiladi

Bundesligada tur yakunlari. «Borussiya» D birinchi o‘rinda, «Borussiya» M ikkinchi

Germaniya chempionatining 12-turida Myonxengladbaxning «Borussiya» klubi «Hannover-96»ni qabul qildi. «Borussiya-Park» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

G‘oliblar safida gollarga Torgan Azar, Mixael Lang, Lars Shtindl va Denis Zakariya mualliflik qilishdi. Mehmonlarning yagona goli Bobbi Vud tomonidan urildi. 

Bu jamoaning turnirdagi qatorasiga uchinchi g‘alabasi bo‘ldi. Qolaversa, Diter Xekking jamoasi mavsumni uy uchrashuvlaridagi uzluksiz g‘alaba bilan davom ettirmoqda -  «Borussiya» Bundesligada qatorasiga 6ta uy o‘yinida g‘alaba qozondi. 

Myonxengladbaxliklar endilikda ochkolari sonini 26taga yetkazgan va turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilgan.

Bu turda «Frayburg» «Verder»ni qabul qildi. «Shvartsvald-Shtadion» stadionida kechgan uchrashuvda kuchlar teng keldi - 1:1.

Maydon egalari 42-daqiqada Jan-Luka Valdshmidt penaltini aniq amalga oshirishi evaziga hisobni ochishdi. Bremenliklar jamoasi o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda himoyachi Lyudvig Augustinsonning aniq zarbasi evaziga hisobni tenglashtirishdi. Shu tariqa, «Verder» Bundesligadagi mag‘lubiyatli seriyasiga yakun yasadi, «Frayburg» g‘alabasiz seriyasini davom ettirdi (ikki durang, bir mag‘lubiyat).

Mavsumni yo‘qotishsiz davom ettirayotgan Dortmundning «Borussiya» klubi 30 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda. «Borussiya» M 4 ochko kam jamg‘argan holda ikkinchi o‘rinda, hisobida 23 ochko bo‘lgan «Ayntraxt» uchinchi o‘rinda bormoqda.

To‘rtinchi o‘rinda «RB Leyptsig» (22), beshinchi o‘rinda «Bavariya» (21) joylashgan.

Keyingi turda «Hannover» «Herta»ni qabul qiladi, «Borussiya» M «RB Leyptsig» mehmoni bo‘ladi. Bu o‘yinlar mos ravishda 1 va 2 dekabr kunlariga mo‘ljallangan.

Germaniya chempionati
12-tur

Borussiya M – Hannover 4:1 (2:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 1 Vud, 1:1 – 7 Azar, 2:1 – 44 Lang, 3:1 – 58 Shtindl, 4:1 – 77 Zakariya.
Borussiya M – Zommer, Lang, Ginter (Yanchke, 40), Elvedi, Vendt, Shtrobl, Azar, Noyxaus, Xofmann, Plea (Zakariya, 75), Shtindl (Raffael, 81).
Hannover – Esser, Korb, Anton, Elez, Ostjolek, Sarenren-Bazeye (Xaraguti, 45), Bakaloj, Fossum (Vimmer, 65), Mayna (Vaydandt, 71), Fyullkrug, Vud.
Ogohlantirishlar: Ostjolek (54), Azar (83).

Frayburg – Verder 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 42, penalti Valdshmidt, 1:1 – 90 Augustinsson.
Frayburg – Shvolov, Gulde, Kox, Xaynts, Shtentsel, Xaberer, Gondorf (Frantts, 80), Gyunter, Valdshmidt (Kammerbauer, 89), Xeler, Terratstsino (Petersen, 68).
Verder – Pavlenka, Gebre Selassiye, Velkovich, Moysander, Augustinsson, Eggeshtayn (Pisarro, 77), Eggeshtayn, Shahin (Rashitsa, 63), Klassen, Kruze, Xarnik (Osako, 63).
Ogohlantirishlar: Moysander (41), Shahin (60).

Tur o‘yinlari

To‘purarlar

Turnir jadvali

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid