Sport | 22:36 / 26.11.2018
13767
1 daqiqa o‘qiladi

Pike sud tomonidan jazolandi

«Barselona» himoyachisi Jyerar Pike bugun sud mahkamasida ishtirok etib, haydovchi guvohnomasiga ega bo‘lmagan holda transport vositasini boshqarganini tan oldi.

Ispaniya qonunlariga ko‘ra, haydovchilik guvohnomasi ball tizimi bo‘yicha amal qiladi. Har qanday qoidabuzarlik uchun ma'lum miqdorda ball olib tashlanadi. Birorta ball qolmagach, haydovchi 6 oyga guvohnomadan mahrum qilinadi va yo‘l harakati qoidalari kursida qaytadan o‘qishi shart bo‘ladi. Pike bilan aynan shu voqea sodir bo‘lgan.

Endi futbolchi 48 ming yevro miqdorida jarima to‘laydi, deb xabar beradi Marca.

Mavzuga oid