Jahon | 11:05 / 26.11.2018
7345
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko NATO bosh kotibi bilan muzokaralar o‘tkazadi

Foto: REUTERS

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma'lum qilishicha, NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg bilan Azov dengizidagi vaziyat tufayli muzokaralar o‘tkazish niyatida. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, shuningdek, boshqa mamlakatlar yetakchilari bilan maslahatlashuvlar 26 noyabrga rejalashtirilgan.

«Biz Ukraina tarafdori bo‘lgan butun jahon koalitsiyasiga murojaat qilamiz: sa'y-harakatlarni birlashtirishimiz kerak», - dedi Poroshenko. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishini chaqirtirgani xabar berilgandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid