Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariyada sug‘urta kompaniyalariga shaxsiy izquvarlarni yollashga ruxsat berildi
Shveytsariya aholisi 25 noyabrdagi referendumda milliy qonunchilikning xalqaro qonunchilikdan ustuvorligidan voz kechish, sug‘urta kompaniyalari ijtimoiy to‘lovlarning qonuniyligini tekshirish uchun xususiy izquvarlar yollash va sigirlarining shoxlarini arralab tashlashni davom ettirish uchun ovoz berishdi.
Referendumga uchta qonunchilik tashabbusi qo‘yilgan. Shveytsariya xalq partiyasining “O‘zga sudyalar o‘rniga shveysar huquqi” deb nomlangan taklifi Shveytsariya konstitutsiyasida mamlakatning huquqiy suvereniteti va milliy qonunchilikning xalqaro qonunlardan ustuvorligini mustahkamlashni ko‘zda tutgan. Bu taklifga qarshi chiqqanlar, u qabul qilinsa, kamida 600 ta xalqaro kelishuvga futur yetishini aytishgan. Natijada bu taklifga 65 foizdan ko‘proq aholi qarshi ovoz bergan.
“Qishloq xo‘jaligi hayvonlarining ustuvorligi haqida”gi ikkinchi tashabbus sigir va boshqa hayvonlarning shoxini arralashni taqiqlash, chunki bu chorvaning sog‘lig‘iga ta'sir qilishiga taalluqli bo‘lgan. Bu tashabbus ham aholi orasida qo‘llab-quvvatlanmagan.
Uchinchi masala “Shveytsariya Konfederatsiyasining ijtimoiy ta'minot sohasidagi asosiy qonunlari haqida”gi federal qonunga tuzatmalar kiritish bilan bog‘liq bo‘lib, gap ijtimoiy sug‘urtalash kompaniyalariga inson ijtimoiy to‘lovlarni to‘g‘ri olayotgani yoki firibgarlik amalga oshirayotganini tekshirish uchun xususiy izquvarlarni yollash huquqi berilishi haqida ketgan. Ushbu taklifga qarshi chiquvchilar tuzatmaning qabul qilinishi shaxsiy hayotga aralashuvni anglatishini aytganlar, biroq amalda detektivlar faoliyatiga ma'lum cheklovlar qo‘yilgan. Ushbu tashabbusni 65 foiz aholi qo‘llab-quvvatlagan.
Mavzuga oid
14:10 / 26.05.2025
Shveytsariya G‘azoga yordam fondiga nisbatan tekshiruv boshladi
01:40 / 15.05.2025
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
21:20 / 09.05.2025
Shveytsariyada qo‘shnisining mushugiga ovqat bergan ayol sud qilinmoqda
23:08 / 24.04.2025