Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Yuventus”da yangi an'ana: Ronaldu gol uradi, muxlislar Siiiii deb hayqirishadi
Krishtianu Ronaldu 24 noyabrda Italiya chempionatining navbatdagi turida “SPAL” bilan uchrashuvda raqib darvozasiga gol urib, uni o‘zigagina xos tarzda nishonladi.
Happy to have helped the team on another important win!👍🏽⚽️ pic.twitter.com/kH60tafhxi
— Cristiano Ronaldo (@Cristiano) 24 noyabrya 2018 g.
Ronaldu golni nishonlash vaqtida yuqoriga baland sakrab, so‘ngra qo‘llarini yoygancha “Siiiii!” (Haaa) deb hayqiradi. E'tiborlisi, “Yuve”ning minglab muxlislari ham uning ortidan shu so‘zni jo‘rlikda qaytarishdi.
Wait for it... 😍😍😍 @Cristiano @juventusfc #FinoAllaFine pic.twitter.com/jFscQDuJOp
— 👽 (@freddyriver777) 24 noyabrya 2018 g.
Xuddi shunday holat “San-Siro” stadionida Ronalduning “Milan” darvozasiga golidan keyin ham kuzatilgandi.
Ronalduning “Siiiii” hayqirig‘i 2015 yil yanvarda “Oltin to‘p” topshirilishi vaqtida paydo bo‘lgan. “O‘yinchilar men ushbu so‘zni gollar va g‘alabalardan keyin aytishimni bilishadi. Bu bizning jamoaviy hayqiriq”, deb aytgandi o‘shanda Ronaldu.
Marca nashri ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu hayqiriq “Real”da 2011 yilda paydo bo‘lgan. Uni aynan kim o‘ylab topgani va urfga kiritgani noma'lum.
Mavzuga oid
15:10 / 01.05.2025
Ronaldu va Messi bir kunda yarimfinal o‘yinlarida yutqazdi
14:09 / 24.03.2025
Ronaldu noyob ko‘rsatkichga erishdi
15:28 / 30.01.2025
Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»
11:06 / 14.12.2024