Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik olim Tog‘ ishlari bo‘yicha Yevroosiyo akademiyasining eng yosh akademigiga aylandi
Navoiy shahrida Tog‘ ishlari bo‘yicha Yevroosiyo akademiyasi prezidium yig‘ilishi doirasida Tog‘ ishlari bo‘yicha Yevroosiyo akademiyasi haqiqiy a'zolariga diplomlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Akademiyaning yangi tanlangan a'zolari orasida o‘zbekistonlik olti nafar olim ham bor: Bahodir Raimjonov, Yunus Norov, O‘tkir Nosirov, Quvondiq Sanaqulov, Farhodbek Umarov, Ilhom Mislibayev.
Yangi akademiklarga diplomlar RF Tog‘ ishlari bo‘yicha akademiyasi prezidenti, akademik Yuriy Malishev va Tog‘ ishlari bo‘yicha Yevroosiyo akademiyasi prezidenti, akademik Nurlan Rispanov tomonidan topshirildi.
«MISiS» Milliy tadqiqot universitetining Olmaliq filiali direktori, texnika fanlari doktori F.Umarov Tog‘ ishlari bo‘yicha Yevroosiyo akademiyasining eng yosh akademigi deb topildi.
Tog‘ ishlari bo‘yicha Yevroosiyo akademiyasi 2018 yil 20 iyun kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon Tog‘ ishlari kongressi doirasida ta'sis etilgan. Ostona shahri akademiya qarorgohi va ro‘yxatdan o‘tgan joyi sifatida qabul qilindi.
Tog‘ ishlari bo‘yicha Yevroosiyo akademiyasi ta'sischilari tarkibiga Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va O‘zbekistonning tog‘-metallurgiya sohasi ekspertlari hamda yetakchi olimlari kiritildi.
Mavzuga oid
15:52 / 27.02.2025
Xitoy tog‘larida adashgan sayyoh tish pastasi tufayli omon qoldi
10:55 / 10.01.2025
Tog‘li hududlarda turizm majmualarini tashkil etishga 500 mln dollar investitsiya jalb qilinadi
09:35 / 24.12.2024
Bo‘stonliqdagi tog‘da adashib qolgan 5 kishi qutqarildi
11:56 / 06.11.2024