Sport | 00:09 / 26.11.2018
4028
3 daqiqa o‘qiladi

Rossiya chempionatida birinchi davra yakunlandi

«Zenit» Rossiya Premer-Ligasi 15-turida «Rostov»ni qabul qildi. Sankt-Peterburgda kechgan uchrashuvda maydon egalari 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

O‘yindagi birinchi gol 12-daqiqada piterliklar hujumchisi Sebastyan Driussi tomonidan urildi. Ikkinchi bo‘limda Aleksandr Yeroxin mezbonlarning ustunligini oshirdi.

Bu g‘alabadan keyin «Zenit» ochkolari sonini 34 taga yetkazdi, «Rostov» 23 ochko bilan beshinchi o‘rinda.

Keyingi turda rostovliklar 2 dekabrda Moskvaning TsSKA klubini qabul qiladi, Sergey Semak shogirdlari 3 dekabr kuni Tulada «Arsenal» mehmoni bo‘ladi.

Bu turda «Krasnodar» «Arsenal»ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bu g‘alaba evaziga krasnodarliklar ochkolari sonini 29taga yetkazdi va ikkinchi o‘rinni mustahkamladi.

Rossiya premer-ligasida birinchi davradan keyin «Zenit» birinchi o‘rinni egalladi, ikkinchi o‘rindagi «Krasnodar» 29 ochko bilan ikkinchi o‘rinda, amaldagi chempion «Lokomotiv» esa 25 ochko bilan uchinchi o‘rinda joylashgan.

«Zenit» mavsumning birinchi davrasidagi 11 o‘yinda g‘alaba qozondi, bir marta durang o‘ynadi va bir o‘yinda yutqazdi.

Peterburgliklar shu vaqtgacha 6 mavsumda birinchi davrada g‘olib bo‘lgan va bu mavsumlarning to‘rttasida chempionga aylangan.

Rossiya chempionati
15-tur
Zenit – Rostov 2:0
Gollar: 1:0 – 12 Driussi, 2:0 – 63 Yeroxin.
Zenit – Lunev, Anyukov, Ivanovich, Mevlya, Kuzyayev, Yeroxin (Ozdoyev, 87), Paredes (Kranevitter, 89), Ernani (Terentev, 78), Mak, Driussi, Dzyuba.
Rostov – Pesyakov, Ingason, Sigurdsson, Vilyush, Parshivlyuk, Yusupov, Gatskan, Guliyev, Skopintsev (Kyartansson, 66), Sigurdarson (Ionov, 86), Zuyev (SHCHadin, 78).
Ogohlantirishlar: Guliyev (35), Sigurdsson (79), Gatskan (89).
Chetlatish: Guliyev (81).

Krasnodar – Arsenal Tula 3:0
Gollar: 1:0 – 40 Vanderson, 2:0 – 48 Ignatev, 3:0 – 76 Suleymanov.
Krasnodar – Safonov, Petrov, Martynovich, Spayich, Ramires, Kabore, Pereyra (Gazinskiy, 71), Vanderson (Okriashvili, 80), Ari, Stotskiy (Suleymanov, 73), Ignatev.
Arsenal Tula – Levashov, Kombarov, Belyayev, Grigalava, Alvares, Kostadinov, Moxammed, Bakayev (Kangva, 71), Tkachev (Gorbatenko, 64), Mirzov, Jorjyevich.
Ogohlantirishlar: Jorjyevich (4), Kabore (41), Belyayev (45), Bakayev (53).
Chetlatish: Kabore (88).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid