Jahon | 20:50 / 27.11.2018
13806
1 daqiqa o‘qiladi

Deltaplanda uchishni istagan sayyoh halokatdan arang qutulib qoldi (video)

Umrida birinchi marta deltaplanda uchishga qaror qilgan amerikalik halokatdan qutulib qoldi. 

Kris Gurskiy rafiqasi bilan Shveytsariyadagi ta'til vaqtida 1200 metrlik tog‘dan deltaplanda uchishga qaror qilgan. Ayolning urinishi muvaffaqiyatli, biroq Krisning urinishi omadsiz yakunlangan. 

Gap shundaki, instruktor Krisdagi ehtiyot trosini deltaplanga mahkamlashni unutib, shu holda u bilan birga uchib ketgan. Amerikalik 2 daqiqadan ko‘proq vaqt bir qo‘li bilan deltaplanni, bir qo‘li bilan instruktorning oyog‘ini ushlab, osilgancha uchishiga to‘g‘ri kelgan. Ushbu holat tasvirlangan videoda instruktor bir necha marta qo‘nishga harakat qilgani, biroq buning uddasidan chiqa olmaganini ko‘rish mumkin.

Oxir-oqibat instruktor pastlashga muvaffaq bo‘lgan. O‘zini arang ushlab turgan amerikalik yerga yaqin qolganda deltaplandan sakrab tushib olgan, biroq noqulay tushgani sabab kichik jarohatlar olgan.

Mavzuga oid