Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Gaz zapravka»dagi narx tushishi uchun takliflar o‘rganilmoqda
16 noyabr kuni energiya tashuvchilarning narxi oshirilgach, respublikaning ayrim hududlarida avtomobillarga metan gaz quyish shoxobchalari — gaz to‘ldirish kompressor stansiyalarida xizmatlar narxi keskin o‘sgani haqida xabar berilgandi.
Moliya vazirligi tahliliga ko‘ra, AGTKSlarda bir kubometr metan gaz narxi o‘rtacha 300–400 so‘mga oshdi va kuzatilgan eng qimmat baho 2200 so‘m bo‘lgani aytilmoqda.
Kun.uz respublikadagi barcha «gaz zapravka»larda narxning keskin oshib ketishiga nima turtki bo‘lganini o‘rganib, ma'lumot taqdim etgandi.
Kun.uz muxbiri bilan suhbatlashgan Moliya vazirligi xodimining aytishicha, «ayni paytda ushbu masala yuzasidan amaldagi tartibga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilmoqda. Bu o‘zgarish aynan limitdan ortiq olingan gaz sarfi uchun belgilangan koeffitsiyent miqdorida» aks etishi mumkin.
Agar kutilgan o‘zgarish vazirlik xodimi ta'kidlaganidek, limitdan ortiq olingan gaz sarfi uchun belgilangan koeffitsiyent miqdori pasaytirilsa, o‘z-o‘zidan «gaz zapravka»larda narx tushishi lozim.
Mavzuga oid
15:20 / 01.05.2025
Gaz quyish shoxobchalarida metan narxi 5200 so‘mgacha qimmatlashdi
10:10 / 22.02.2025
“O‘tgan yili 1 km navbat bo‘lsa ham gaz quyardik” - vodiyda metan muammosi
16:20 / 01.02.2025
Toshkent viloyatidagi zapravkada avtobus gazballoni portladi
09:38 / 07.01.2025