Sport | 10:10 / 27.11.2018
6156
2 daqiqa o‘qiladi

«Globe Soccer Awards – 2018»: «Barselona» va Messi nominantlar ro‘yxatiga kiritilmadi

Yevropa Klublar Assotsiatsiyasi va Yevropa Futbol Agentlari Assotsiatsiyasi «Globe Soccer Awards» talqini bo‘yicha 2018 yilning eng yaxshi futbolchisi, murabbiyi va klubi nominatsiyalarida g‘oliblik uchun da'vogarlarni ma'lum qildi.

Yilning eng yaxshi futbolchisi nomiga Krishtianu Ronaldu («Yuventus», o‘tgan yilgi laureat), Antuan Grizmann («Atletiko») va Kilian Mbappe («PSJ») da'vogar etib ko‘rsatildi.

Yilning eng yaxshi klubi sovrini uchun da'vogarlar uchligiga esa «Real» (o‘tgan yilgi laureat), «Atletiko» va «Liverpul» jamoalari kiritilgan.

Shu bilan birga, yil murabbiyi deb e'tirof etilishi mumkin bo‘lgan mutaxassislar nomi ham e'lon qilindi. Mukofotga Dide Desham (Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi), Diyego Simeone («Atletiko»), Yurgen Klopp («Liverpul»), Massimiliano Allegri («Yuventus») va Zinedin Zidan («Real»ning sobiq ustozi, o‘tgan yilgi laureat) nomzodlari qo‘yilgan.

Ma'lumot uchun, YeKA va YeFAA ta'sisligidagi «Globe Soccer Awards» mukofotlari 2010 yildan buyon topshirib kelinadi. Ilk marta uchta yo‘nalishda eng yaxshilarni aniqlagan tashkilotchilar hozirga kelib 15ga yaqin nominatsiyada laureatlarni taqdirlaydi.

2018 yil uchun mukofotlar 3 yanvar kuni Dubayda tashkil etiladigan Gala Dinner`da o‘z egalariga topshiriladi.

Mavzuga oid