Sport | 22:10 / 27.11.2018
25645
2 daqiqa o‘qiladi

Marat Bikmayev 2ta o‘yinga chetlatildi va 20 million so‘m jarimaga tortildi

Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ

Superliga 31-turidan o‘rin olgan «Paxtakor»ga (3:2) qarshi o‘yinda «Lokomotiv» futbolchisi Marat Bikmayev tomonidan odob-ahloq qoidalariga mos kelmaydigan xatti-harakat amalga oshirilgan edi.

Bugun PFL etika qo‘mitasi bu holat yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi va uni atroflicha o‘rganib chiqqan holda, musobaqalar reglamentining intizomiy va jarimalar kodeksi 3-bo‘lim, 5.45 bandining G qismini qo‘pol ravishda buzgani uchun Marat Bikmayevni 2ta rasmiy o‘yinga chetlatdi va 20 million so‘m jarimaga tortdi.

Qayd etish joizki, avvalroq, Superliga 23-turidan o‘rin olgan «Metallurg» – «Lokomotiv» bahsida ham zaxira o‘rindig‘ida o‘tirgan Marat Bikmayev hakamlar guruhi sha'niga noma'qul so‘zlar ishlatgani tufayli, 2ta rasmiy o‘yinga chetlatilgan edi.

Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ
Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ
Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ

 

Mavzuga oid