Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muxlislar “Formula-1”ning eng yomon poygachisini “yil poygachisi” deb topishdi
“Formula-1” poygalarida ishtirok etuvchi “Uilyams” jamoasining rossiyalik a'zosi Sergey Sirotkin mavsumda bor-yo‘g‘i 1 ochko olganiga qaramay, muxlislar talqiniga ko‘ra “yil poygachisi” bo‘ldi.
Sky Sports sayti 2018 yilning eng yaxshi poygachisi uchun ovoz berishni yo‘lga qo‘ygandi. Saytda ko‘pchilik aynan Sirotkin uchun ovoz bergan. Unga 79,1 ming ovoz, uning ortidan kelayotgan, mavsum chempioni Lyuis Hemiltonga esa 43,5 ming ovoz berilgan.
Aniqlanishicha, muxlislar mavsum yakunlanmay turib mukofot uchun ovoz berish boshlanganidan achchiqlanib, uni kulgiga qo‘yish maqsadida “eng yomon poygachi”ga ovoz berishga qaror qilishgan.
Joriy mavsum chempioni Lyuis Hemilton 11 ta g‘alabaga erishib va umumiy hisobda 408 ochko to‘plab, 5 karra jahon chempioniga aylandi.
Poygalarga boshqa bir rossiyalik Daniil Kvyat o‘rniga kelgan Sirotkin “Formula-1”ni tark etadigan bo‘ldi.
Mavzuga oid
17:22 / 25.05.2025
Shumaxerning Ferrariʼsi auksion orqali 18 mln dollardan qimmatroqqa sotildi
17:07 / 25.11.2024
Ferstappen qatorasiga to‘rtinchi marta «Formula-1» poygalari chempioni bo‘ldi
23:50 / 07.10.2023
Ferstappen qatorasiga uchinchi marta Formula-1 bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
11:13 / 21.11.2022