Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘smirlar o‘rtasida Butunjahon shaxmat olimpiadasi. O‘zbekiston g‘alabali seriyani davom ettirdi
2018 yilning 24 noyabridan 3 dekabriga qadar Turkiyaning Konya shahrida 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha Butunjahon olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, mamlakatimiz shaxmatchilari ikkinchi raundda Polsha termasini 3-1 hisobida taslim etishdi.
Nodirbek Abdusattorov (2560) birinchi doskada qora donalarda Yakub Kosakovskini (2413) taslim etdi. Nodirbek Yoqubboyev (2549) ikkinchi doskada oq donalarda Kosma Pasan-Milexni (2334) ortda qoldirdi. Shamsiddin Vohidov (2456) uchinchi doskada o‘zining ilk partiyasida g‘alaba qozondi. U Miyesko Mis (2307) ustidan zafar quchdi. Sitora Saparova (1848) to‘rtinchi doskada oq donalarda Mariya Malichkaga (2013) imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
O‘zbekiston terma jamoasi uchinchi raundda Moldova terma jamoasini 3,5-0,5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
O‘zbekistonlik yosh iqtidor egalari to‘rtinchi raundda AQSh shaxmatchilari bilan kuch sinashadilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida Butunjahon shaxmat olimpiadasini g‘alaba bilan boshlagani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:59 / 16.04.2025
Har yili dekabrda «Prezident Olimpiadasi» o‘tkaziladi
16:56 / 11.11.2024
Toshkentlik o‘qituvchi olimpiadada muvaffaqiyatli qatnashgan o‘quvchilari uchun 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
18:03 / 09.09.2024
“Parij olimpiadasi men uchun qiyin kechdi” – Ulug‘bek Rashitov
11:49 / 05.09.2024