O‘zbekiston | 11:43 / 28.11.2018
20667
1 daqiqa o‘qiladi

Matbuot va axborot agentligi rahbari ishdan ketdi

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori Laziz Tangriyev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimini tark etdi. Bu ma'lumot Kun.uz manbalari tomonidan tasdiqlandi.

Laziz Tangriyev bu lavozimga 2017 yilning iyunida ish boshlagandi. U bu lavozimda 2013 yildan buyon direktor bo‘lgan Omonulla Yunusov o‘rnini egallagandi.

Hozircha Tangriyevning keyingi faoliyati haqida ma'lumotlar yo‘q.

Agentlikning yangi rahbari bugun, 28 noyabr kuni tayinlanishi kutilmoqda.

Mavzuga oid