Meksika Trampning kuyovini oliy davlat mukofoti bilan taqdirlaydi

Foto: AP Photo / Evan Vucci
Meksika hukumati AQSh prezidenti Donald Trampning kuyovi va maslahatchisi Jared Kushnerga mamlakatdagi eng oliy davlat mukofotlaridan biri – Atstek burguti ordenini topshiradi. Bu haqda Meksika tashqi ishlar vazirligida ma'lum qilindi.
Ta'kidlanishicha, Kushner “Meksika, AQSh va Kanada o‘rtasida yangi kelishuvga (T-MeS) erishishdagi ulkan hissalari” uchun taqdirlanadi. Meksikada Buenos-Ayresdagi G20 sammitida imzolanishi kutilayotgan va 1994 yildan amal qilgan NAFTA o‘rniga kelayotgan Shimoliy Amerika erkin savdo hududi USMCA kelishuvi T-MeS deb atalmoqda.
Meksika tashqi ishlar vazirligida ta'kidlanishicha, Kushnerning ishtiroki AQShning NAFTA kelishuvidan chiqmasligini muzokaralarni boshlash bilan ta'minlashda hal qiluvchi omil bo‘ldi.
Atstek burguti ordeni Meksikaning xorijiy fuqarolarga topshiriladigan eng oliy mukofoti hisoblanadi.
Mavzuga oid

14:15 / 08.04.2025
Meksika prezidenti AQShdan importga bojlar joriy qilinishini istisno etmadi

23:11 / 23.03.2025
Meksikada mayyalarning muqaddas ibodatxonasiga chiqqan turist kaltaklandi

17:39 / 11.03.2025
Meksikada avtobuslar ishtirokidagi ikkita YTHda 25 kishi halok bo‘ldi

20:40 / 01.03.2025