Sport | 11:30 / 28.11.2018
33203
1 daqiqa o‘qiladi

Mourino ijrosidagi spektakl. Uning kuchi ko‘payib ketdi

«Manchester Yunayted» YeChLning guruh bosqichi 5-turida «Yang Boyz»ni qabul qilib, Marvon Fellayni tomonidan 90+1-daqiqada urilgan yagona gol evaziga g‘alaba qozondi.

«Qizil iblislar» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino nafaqat g‘alaba keltirgan, balki YeChL pley-offi yo‘llanmasini ham naqd qilgan ushbu golni texnik hududdagi suv idishlari turgan yashikni sindirish bilan nishonladi.

Portugaliyalik mutaxassis YeChLda 14-mavsumini o‘tkazayotgan bo‘lsa, ularning barchasida o‘z jamoasini pley-offga olib chiqishni uddalagan.

O‘yindan keyingi matbuot anjumanida Mourino bu yutug‘i bilan maqtangan edi.

Mavzuga oid