«Ziyorat turizmi»ni rivojlantirish loyihasi ishlab chiqildi
«O‘zstandart» agentligi tomonidan respublikada «Ziyorat turizmi»ni rivojlantirish maqsadida, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Diniy ishlar bo‘yicha qo‘mitaning qo‘shma qaroriga muvofiq, «Halol talablari asosida mahsulotlar va xizmatlarni ixtiyoriy sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom loyihasi tayyorlandi.
Agentlik xabarida bildirilishicha, bu o‘zbekistonlik tadbirkorlar uchun Yevropa davlatlariga mahsulotlarini eksport qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida, Se markirovkani mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘llash uchun amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, Turkiya, Ukraina, Germaniya va Slovakiya davlatlarining sertifikatlashtirish idoralari bilan muzokaralar o‘tkazildi hamda tegishli tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatish maqsadida Kelishuv loyihalari tayyorlandi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
13:24 / 21.11.2024
COP29 ishtirokchilari iqlimga mos turizmni rivojlantirishga kelishib oldi
23:32 / 13.11.2024
Florensiya «haddan ziyod turizm»ga qarshi kurash bo‘yicha yangi choralar qabul qildi
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
10:26 / 03.11.2024