Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikaning Rivian kompaniyasi elektrda yuradigan pikap va krossoverni namoyish etdi
Ular to‘rt motorli 105, 135 va 180 kVt/s akkumulyatorlar bilan jihozlangan elektromobillar bo‘lib, 370, 483 va 644 km masofani bosib o‘tadi va uch soniyadan kamroq vaqt ichida tezligini soatiga 100 kmga yetkaza oladi.
Pikapning uzunligi 5475, eni 2015, balandligi 1815 mm. Yuk platformasining o‘lchami 1400ga 1385 mm.
Pikap shuningdek, turli buyumlarni joylashga mo‘ljallangan 350 litli “tubus” bilan jihozlangan.
Har ikki avtomobil ichida ikkitadan televizor bor. Bundan tashqari, mashinalarni tayyorlashda tabiiy yog‘och va alyuminiy hamda oson tozalanadigan materiallardan foydalanilgan.
Mashinalarga avtopilot ham o‘rnatilgan. Ular kamera, radar, lidar, ultratovushli uzatgichlar va yuqori aniqlikdagi GPS-modul bilan jihozlangan.
Pikap sotuvga 2020 yilda 61,5 ming dollar bilan sotuvga chiqadi. Hozirdan ming dollar to‘lov evaziga unga oldindan buyurtma berish mumkin.
Mavzuga oid
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
21:18 / 17.12.2024
Energetika vazirligi quvvatlash stansiyalarini tarmoqdan uzish bo‘yicha topshiriq bermaganini ma’lum qildi
19:34 / 17.12.2024
Energetikada yangi cheklov. Elektromobillarni zaryadlash stansiyalari ham tarmoqdan uzilmoqda
11:10 / 15.12.2024