Komil Allamjonov jamoaga tanishtirildi. U yangi ish joyini so‘z erkinligini kafolatlovchi tashkilotga aylantirmoqchi
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Komil Ismoilovich Allamjonov 29 noyabr kuni bosh vazir o‘rinbosari, Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov tomonidan jamoaga tanishtirildi.
O‘zMAAning yangi rahbari ilk ish kuni haqida feysbukdagi rasmiy sahifasida xabar qoldirgan.
«Yangi jamoa bilan ilk uchrashuv. Bosh vazir o‘rinbosari, Moliya vaziri Jamshid Anvarovich Qo‘chqorov tanishtirdi.
Hayajonli va mas'uliyatli lahzalar. Ommaviy axborot vositalarining ahamiyati, ularning fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi roli va hissasi beqiyos.
Mamlakatimiz rahbari yurtimizda so‘z erkinligiga katta e'tibor qaratmoqda va bu borada o‘z hissamni qo‘shish men uchun sharaf va mas'uliyatli vazifadir.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi rahbarligini menga ishonib topshirishar ekan, men ushbu muassasa jurnalistlar faoliyatining erkinligini kafolatlovchi hamda so‘z va matbuot erkinligini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi tashkilot sifatida shakllanishiga bor kuchimni safarbar etishga harakat qilaman.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi prezident Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini hayotga keng tatbiq etishi lozim:
«...oldimizda ommaviy axborot vositalari xodimlarining mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, ularning murakkab va mas'uliyatli faoliyatlarini munosib baholash, sohani yanada rivojlantirishga e'tibor qaratish kabi muhim vazifalar belgilangan»
«Biz nashriyot, teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarda oshkoralik, obektiv tahlil va tanqidiy muhitni, shuningdek, jurnalistlarimizning xorij manbalaridan keng foydalanish imkoniyatlarini oshirishni qo‘llab-quvvatlaymiz».
«OAV faqatgina tilda emas, haqiqatda ham to‘rtinchi hokimiyatga aylanishi lozim».
Mavzuga oid
23:13 / 17.07.2024
«So‘nggi vaqtlarda feyk va dezinformatsiyalarning soni ortib borayotganiga guvoh bo‘lyapmiz» - Komil Allamjonov
14:38 / 31.05.2024
"OAVni yanada erkin qilish borasida katta rejalarimiz bor" - Komil Allamjonov
12:30 / 25.05.2024
"Faxrlansa arzigulik yurtdoshlarimiz ko‘paysin!" - Komil Allamjonov
20:38 / 23.05.2024