Tatyana Karimova: "Islom Abdug‘aniyevich turnalarni yaxshi ko‘rardi..."
28 noyabr kuni Oqsaroy binosida oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun suratlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov hayoti va faoliyati aks etgan mazkur suratlar ko‘rgazmasida Tatyana Karimova ham ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Tatyana xonimning o‘zi har bir surat bilan talabalarni tanishtirib, uning paydo bo‘lishi tarixi va u bilan bog‘liq xotiralar haqida so‘zlab berdi.
"Islom Abdug‘aniyevich turnalarni yaxshi ko‘rardi. Turnalar tinchlik ramzi ekanligini bot-bot takrorlardi", - deya eslaydi u.
2009 yili qad rostlagan "O‘zbekiston" xalqaro anjumanlar saroyi tomida hamda 2005 yilda bunyod etilgan Ezgulik arkasi (Mustaqillik maydoni)da ham parvozga shaylangan turnalarni ko‘rish mumkin. Tinchlik va baxtli hayotga ishonchni anglatuvchi bu ramziy bezak g‘oyasi Islom Karimovga tegishlidir.
Ko‘rgazma yakunida Tatyana Karimova talabalarning har biriga o‘z qo‘li bilan sovg‘a topshirdi.
Ma'lumot uchun, Oqsaroy majmuasi dushanbadan tashqari har kuni 9.00dan 18.00gacha aholi uchun ochiq.
Mavzuga oid
13:34 / 07.10.2024
Turkiyada Islom Karimov haqida kitob nashr qilindi
13:30 / 02.09.2024
Foto: Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi
20:03 / 26.08.2024
Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilib, qurilish ishlari bilan tanishdi
22:12 / 14.02.2024