Toshkentda quyuq tuman: samolyotlar zaxira aeroportlariga yo‘naltirilmoqda
28 noyabrdan 29 noyabrga o‘tar kechasi poytaxtimiz Toshkent shahrini quyuq tuman qoplab oldi. Bu vaziyat Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘nayotgan samolyotlar harakatiga xalaqit berdi.
Spotter kanallardan birining ma'lumotlariga ko‘ra, Toshkent aeroportiga qo‘nish uchun kelayotgan samolyotlar eng yaqin zaxira aeroportlariga yo‘naltira boshlagan.
Jumladan, «UZBEKISTAN airways» ning Toshkent aeroportiga qo‘nishi kerak bo‘lgan bir yo‘la uch reysi:
HY86 Farg‘ona – Toshkent, A320 (UK-32017);
HY690 Kaliningrad – Toshkent, A320 (UK-32011);
HY614 Moskva – Toshkent A320 (UK-32019) reyslari Navoiy xalqaro aeroportiga yo‘naltirilgan va muvaffaqiyatli qo‘ngan.
Shuningdek, «UTair» aviakompaniyasining UT805/UTA805 reysi bilan Moskva – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelayotgan Boeing 767 (VP-BAL) samolyoti ham zaxira aeroporti — Buxoroga yo‘naltirilgan.
NOTAM bildiruviga ko‘ra, soat 00:15 da Toshkentda ko‘rish masofasi 50 metrni, Farg‘onada esa 800 metrni tashkil etadi.
Samolyotlar poytaxtda tuman tarqashini kutib, zaxira aeroportidan Toshkent xalqaro aeroporti tomon uchishadi.
Mavzuga oid
10:51
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
19:02 / 21.11.2024
Farg‘ona aeroportida havo kemalarini qabul qilishga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi
17:53 / 20.11.2024
Toshkent xalqaro aeroportida uchib kelish zalini rekonstruksiya qilish boshlandi
20:03 / 18.11.2024