Ispaniya bosh vaziri Jahon savdo tashkilotini isloh qilish taklifi bilan chiqdi

Foto: AFP 2018 / Fabrice Coffrini
Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches G20 sammitida Jahon savdo tashkilotini isloh etish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro moliyaviy tizimni «mustahkamlash» ehtiyoji mavjud.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Jahon savdo tashkiloti isloh etilishi va modernizatsiya qilinishini qo‘llab-quvvatlaydi.
Shu bilan birga, Sanches global darajadagi kriptoaktivlarni tartibga solish mexanizmini tashkil etishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Jahon savdo tashkilotini isloh qilish zarurati paydo bo‘lgani haqida gapirgandi.
Mavzuga oid

17:56 / 03.04.2025
Ispaniya «oltin viza» berishni to‘xtatdi

20:56 / 17.03.2025
Madrid Rossiyaning 65 nafar fuqarosiga yashash guvohnomalarini berishdan bosh tortdi

14:20 / 13.03.2025
Ispaniyada kir yuvish mashinasiga tiqilib qolgan qiz qutqarildi

19:24 / 23.02.2025