Jahon | 15:36 / 01.12.2018
25010
1 daqiqa o‘qiladi

Kerch bo‘g‘ozida ikkita kema to‘qnashib ketdi

Foto: REUTERS

Kerch bo‘g‘ozida manyovrlar vaqtida yuz bergan to‘qnashuv oqibatida ikkita kemaga zarar yetdi. Bu haqda FleetMon xabar qilmoqda.

Kemalar harakatlanishini real vaqt rejimida kuzatib boruvchi sayt ma'lumotlariga ko‘ra, Lady Maria (Togo bayrog‘i ostida) yuk kemasining manyovr qilishi davomida uning vinti Azov Concord (Malta bayrog‘i ostida) yuk kemasi langar zanjiriga kirib qolgan. Hodisa 30 noyabr kuni sodir bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, har ikki kema ham Konstansiyadan Azov dengizidagi Rossiya va Ukraina portlariga yo‘l olayotgan bo‘lgan hamda bo‘g‘oz orqali tranzitni kutishgan. To‘qnashuv natijasida Lady Maria vintiga zarar yetdi, Azov Concord, tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, langar zanjirini yo‘qotib qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Qora dengizdagi hodisada harbiylari ishtirok etganini tan olgandi.

Mavzuga oid