Jamiyat | 18:26 / 01.12.2018
19709
2 daqiqa o‘qiladi

Mag‘lubiyat inson hayotining asosiy bo‘lagi

Mag‘lubiyatga sabr qilishdan ko‘ra g‘alabaga sabr qilish mushkulroqdir.

Agar inson o‘rta hisobda sakson yil umr ko‘rsa, shuning uchdan birini ham g‘olib holda o‘tkazishi dargumon. Garchi shunday bo‘lgan taqdirda ham umrining qolgan ikki qismini mag‘lublikda o‘tkazishi rost. Nega shunday?

Youtube'da ko‘rish

Audio versiyasini tinglash

 Hunarmand o‘z mahsulotining qancha vaqt xizmat qilishini, vazifasiga ko‘ra unga nima mumkin-u, nimalar mumkin emasligini yaxshi biladi. Chunki u shu mahsulotning ijodkoridir. Olloh taolo O‘zining san'at namunalari bo‘lmish biz insonlarni juda yaxshi biladi. Bizga nima mumkin, nimalar mumkin emas, imkoniyat darajamiz qancha – bu bizni yaratgan Zotga ayon. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, inson g‘oliblikdan ko‘ra mag‘lublikka munosib xilqat. 

Inson unutuvchidir. U nimadan yaralganini, kimligini tez unutib qo‘yadi. Shuning uchun ham  uning g‘oliblikka toqat qilishi qiyin. Boshqacha aytganda, g‘oliblik insonga yot narsa. Mag‘lublik esa insonning bir bo‘lagi. Inson zaif narsadan – bir tomchi suvdan  yaraldi. Tug‘ilib, oyoqqa turguncha eng zaiflar –mag‘lublar qatorida bo‘ladi. O‘rtada bir muddat o‘zini tetikdek tutgan bu inson ozgina vaqtdan keyin yana zaiflik – mag‘lublik amriga taslim bo‘ladi. Joni uzilgach, qabrga – Yer qa'riga zaif, mag‘lub holda ko‘miladi. Mag‘lublik bandasiga xos xislat. Olloh o‘z bandasiga muvofiq holatni biluvchi Zot. Demak, o‘zimizga yarashadigan narsaga da'vogarlik qilishimiz to‘g‘ri ishdir.

Zahiriddin Mansur

Mavzuga oid