AQSh Skripallar ishi bo‘yicha Rossiyaga qarshi sanksiyalarning ikkinchi qismini kiritmoqchi

Foto: AP Photo/Luis M. Alvarez
AQSh ma'muriyati Skripallar ishi bo‘yicha Rossiyaga qarshi sanksiyalarning ikkinchi qismini kiritmoqchi. Bu haqda TASS Davlat departamenti vakiliga tayanib xabar berdi.
"Biz sanksiyalar haqidagi qarordan xursand emasmiz, ammo qonunchilik talablarini bajaramiz", degan Davlat departamenti vakili.
AQSh tomonidan Skripallar ishi bo‘yicha sanksiyalarning birinchi qismi 27 avgustda kiritilgandi. O‘shanda Davlat departamenti agarda Moskva 90 kun ichida qator ko‘rsatkichlarni bajarmaydigan bo‘lsa, u holda yangi sanksiyalar joriy etilishini bildirgandi.
Sanktsiyalarning ikkinchi qismida ikki tomonlama diplomatik munosabatlar darajasini pasaytirish yoki hatto to‘xtatib qo‘yish, Rossiyaga oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari Amerikaning har qanday mahsulotini eksport qilishni hamda Qo‘shma Shtatlarga Rossiya mahsulotlari importini taqiqlash, Rossiya hukumati nazorati ostidagi har qanday aviakompaniya samolyotlarini AQShga qo‘nish huquqidan mahrum qilish kabi choralar ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid

11:00
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda

09:03
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti

22:46 / 27.05.2025
Tramp AQSh oliygohlariga chet ellik barcha talabalar qabulini to‘xtatadi

21:38 / 27.05.2025