Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikaning yangi prezidenti “korrupsiyachi siyosatchilar” ishlatgan samolyot va vertolyotlarni sotib yubormoqchi
Meksikaning yangi prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador o‘zidan avvalgi prezidentlar ishlatgan, 218 mln dollar turuvchi Boeing 787 Dreamliner samolyoti sotilishini ma'lum qildi.
Avvalroq Lopes Obrador davlatga tegishli 60 ta samolyot va 70 ta vertolyotni sotib yubormoqchiligini aytgan.
“Biz korrupsiyachi siyosatchilar foydalangan barcha samolyot va vertolyotlarni sotib yuboramiz”, deb tushuntirgan bu qarorini prezident.
Ta'kidlanishicha, sobiq prezidentlar foydalangan layner 3 dekabrda AQShga yetkaziladi.
Lopes Obrador, shuningdek, sobiq prezidentlarga pensiyalar to‘lashni to‘xtatishga va amaldorlarning maoshlarini kamaytirishga va'da bergan.
Meksikaning yangi prezidenti 1 dekabrda o‘tgan inauguratsiyasida prezident qarorgohi Los Pinos eshiklarini oddiy odamlar uchun ochgan. O‘zining kamtarligi bilan ma'lum bo‘lgan Lopes Obrador prezident qarorgohida yashashni rejalashtirmayotgani va uni madaniy markazga aylantirishi mumkinligini takror-takror aytgan.
Mavzuga oid
23:19 / 21.05.2025
Toshkentda Meksika va Yevropa orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
15:18 / 18.05.2025
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi
00:27 / 10.05.2025