Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston U20 futzalchilari Tojikistondan 7ta gol o‘tkazib, Osiyo chempionatiga chiqolmadi
Toshkentda futzal bo‘yicha Osiyo chempionati U20 musobaqasining Markaziy mintaqa saralash bahslari davom etmoqda.
3-turning ilk o‘yinida Eron terma jamoasi Afg‘oniston bilan bellashdi va 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘yinda O‘zbekiston yoshlari Tojikiston bilan duch keldi va 2:7 hisobida yutqazib, sharmandali tarzda guruhda so‘nggi o‘rinni egalladi va Osiyo chempionati yo‘llanmasidan quruq qoldi.
Uchinchi yo‘llanma uchun 4 dekabr kuni Afg‘oniston va Tojikiston futzalchilari kuch sinashadi.
Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati U20 saralashi
1 dekabr
Turkmaniston – Eron 3:6
Qirg‘iziston – O‘zbekiston 3:6
2 dekabr
Tojikiston – Qirg‘iziston 1:6
Afg‘oniston – Turkmaniston 5:0
3 dekabr
Eron – Afg‘oniston 4:2
O‘zbekiston – Tojikiston 2:7
Guruhlar jadvali
4 dekabr
Uchinchi yo‘llanma uchun bahs
13:00 Afg‘oniston - Tojikiston
Ma'lumot uchun, ushbu yosh toifasidagi qit'a birinchiligi 2017 yilda ilk marta Tailandda o‘tkazilgan, unda O‘zbekiston 4-o‘rinni olgandi.
Mavzuga oid
22:03 / 20.04.2025
Fantastik final. O‘zbekiston o‘smirlari 9 kishi bo‘lib o‘ynab Osiyo chempioniga aylandi
12:49 / 14.02.2025
Chempionlar vatanga qaytishdi
15:20 / 12.02.2025
O‘zbekiston amputantlar jamoasi Osiyo chempioni bo‘ldi
13:50 / 09.02.2025