Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu bilan Messi «Santyago Bernabeu»da uchrashishi mumkin
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu va «Barselona» yetakchisi Lionel Messi «River Pleyt» va «Boka Xuniors» klublari o‘rtasidagi Libertadores Kubogi finalining javob bahsini birgalikda tomosha qilishadi, deb yozadi Football Italia.
O‘yin 9 dekabr kuni Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionida o‘tkaziladi.
«Real» rahbari Florentino Peres har ikkala yulduzga hurmat bajo keltirib, ularni prezident lojasiga taklif qilmoqchi. Agar bu ish amalga oshsa, so‘nggi 10 yillikning eng yaxshi futbolchilari yana bir bor uchrashishga muyassar bo‘lishadi.
Eslatib o‘tamiz, dastlabki o‘yinda 2:2 hisobi qayd etilgan.
Mavzuga oid
15:10 / 01.05.2025
Ronaldu va Messi bir kunda yarimfinal o‘yinlarida yutqazdi
14:09 / 24.03.2025
Ronaldu noyob ko‘rsatkichga erishdi
15:28 / 30.01.2025
Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»
11:06 / 14.12.2024