Light | 10:58 / 04.12.2018
9144
2 daqiqa o‘qiladi

Tallindan Xelsinkigacha 20 daqiqa: Yevropadagi tunel loyihasi haqida

Foto: FinEst Tunnel

Piter Vesterbaka — Shimoliy Yevropadagi eng mashhur insonlardan biri. U mashhur Xelsinkida o‘tkaziladigan Slush konferensiyasiga asos solgan. Angry Birds o‘yinining targ‘iboti bilan shug‘ullanadi.

Vesterbek Finlyandiyada tadbirkorlikning rivojiga hissa qo‘shadigan barcha yirik loyihalarda ishtirok etgan. Uning hozirgi katta maqsadlaridan biri – Finlyandiya va Estoniyani bog‘laydigan tunel qurish.

Piter Vesterbaka

Vesterbaka loyiha ustida hamkori Kustaa Valitonen bilan birgalikda ishlaydi. Loyiha yo‘lovchilarni Tallindan bor-yo‘g‘i 20 daqiqada Xelsinkigacha tezyurar poyezdlarda yetkaza oladigan 103-kilometrli tunelni qurishdan iborat. Hozirda bir shahardan boshqa shaharga bo‘g‘oz orqali yetib olish uchun 90 daqiqadan ikki yarim soatgacha vaqt talab etiladi (bari ob-havo sharoitiga bog‘liq).

Tadbirkorlar oddiygina qilib Orol deb nomlanadigan sun'iy orol qurishni rejalashtirishmoqda. Unda minglab turarjoy va tijorat binolari joylashadi. Orol 50 mingga yaqin aholi, shuningdek kichik shaharchadagi hayot uchun zarur barcha infratuzilmani sig‘dira oladi. Bularning bari balandparvoz so‘zlar emas – tadbirkorlar buning uchun qat'iy kirishishgan va hozirning o‘zida Xitoy, Rossiya va Shimoliy Amerikadan barqaror sarmoyalarni olishmoqda.

Finlyandiya va Estoniyani bog‘laydigan tunel FinEst Tunnel deb nomlanadi. 103 kilometrga cho‘zilgan tunelda yuqori tezlikdagi poyezdlar uchun tezkor internet bilan jihozlangan ikkita tunel joylashadi.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid