Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston 4ta yirik va 16ta kichik GES quradi
«O‘zbekgidroenergo» kompaniyasi 2025 yilgacha quvvati 30 MVt.dan ortiq bo‘lgan 4ta katta GESni, 16ta yangi kichik GESni quradi va 21ta hozir ishlab turgan GESni modernizatsiya qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi gidroenergetika sohasini 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish konsepsiyasi loyihasida aytilgan.
Barcha amalga oshiriladigan loyihalarning umumiy qiymati 2,6 milliard dollardan oshadi, ulardan qariyb 600 million dollari - jalb etilayotgan kredit mablag‘lari.
Natijada yiliga ishlab chiqariluvchi elektr energiya hajmi 2 826 mln kVt/s.ga ortishi ta'minlanadi. Shu bilan birga, «O‘zbekgidroenergo» AJ tuzilmasida stansiyalar umumiy soni 57ta GESga yetadi, ular jami 9 343 mln kVt/s. elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda 37ta amaldagi gidroelektrostansiyadan 7ta yangi gidroelektrostansiya foydalanishga topshirildi, qolganlari - 30-80 yil muqaddam qurilgan.
Mavzuga oid
10:30 / 24.04.2025
“O‘zbekgidroenergo” AJda zamonaviy andozalarga mos Vaziyatlar markazi faoliyati taqdimoti bo‘lib o‘tdi
20:38 / 18.04.2025
2025 yilda quvvati 65 megavatt bo‘lgan mingdan ortiq mikro GES quriladi
08:35 / 14.04.2025
Malayziya O‘zbekistondagi daryo va kanallarda kichik GESlar qurishi mumkin
17:34 / 05.04.2025