Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abu-Dabi aeroportida yo‘lovchilar qadamlari elektr energiyaga aylantirila boshlandi
Abu-Dabi aeroportida yo‘lovchilar qadamlarini elektr energiyaga aylantiruvchi yo‘lovchilar o‘tish joyi ishga tushirildi. Bu haqda BAAning Arabian Business nashri ma'lum qildi.
Maydoni 16 kvadrat metrni tashkil qiluvchi yo‘lak aeroportning birinchi va uchinchi terminali o‘rtasida joylashgan va kuniga 8 mingga yaqin odamning qadamlarini energiyaga aylantiradi. Hosil qilingan elektr energiya yo‘lakni yoritish hamda qadamlar sonini sanash uchun qo‘llanadi.
Ma'lum qilinishicha, yo‘lakning qoplamasi bir-biri bilan bog‘langan uchburchak ko‘rinishidagi panellardan tashkil topgan. Elektr energiya esa elektromagnit generator yordamida ishlab chiqariladi. Yo‘lak oldida olingan elektr energiya hajmini ko‘rsatuvchi interaktiv displeylar joylashgan.
Yo‘lak Buyuk Britaniyaning yuqori texnologik kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Ma'lum qilinishicha, bunday texnologiya Yaqin Sharq davlatlari aeroportlarida ilk bor qo‘llanmoqda.
Mavzuga oid
18:21 / 18.05.2025
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»
10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
14:19 / 01.05.2025
Urganch aeroporti Koreyaning Inchon aeroporti bilan sheriklikda boshqariladi
17:32 / 29.04.2025