Andijonda bayram oldidan yirik ishlab chiqarish va ijtimoiy soha obektlari foydalanishga topshirildi
Andijon viloyatida qutlug‘ sana - O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun oldidan bir qator yirik korxonalar ish boshladi.
Viloyatning cho‘l hududida joylashgan Bo‘z tumanida 70 ming aholi istiqomat qiladi. Bayram arafasida tumanda “Sayyora favvorasi” jamiyati tomonidan yirik loyiha – paxta tolasidan kalava ip ishlab chiqaruvchi korxona faoliyatga kirishdi. Yiliga 5 ming tonna mahsulot tayyorlovchi korxonada 300 nafar aholi vakillari ish bilan ta'minlangan. Mazkur loyihani tashkil etilishi hisobiga tumanda yiliga qo‘shimcha 10 mln. AQSh dollari miqdorida sanoat mahsulotlarini eksport qilish imkoniyati tug‘ildi. Korxona bayram munosabati bilan tumandagi 100 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlariga qishki kiyimlar sovg‘a qildi.
Shahrixon tumani Vaxm qishlog‘ida esa, yiliga 150 ming dona ayollar paltosi ishlab chiqaruvchi “Mehrigiyo” korxonasining ochilish marosimi o‘tkazildi. “Mehrigiyo feruz yulduzi” jamiyati tomonidan ishga tushirilgan korxonada 250 nafar aholi ish bilan ta'minlandi.
Har ikki yirik korxonaning tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etib, ishlab chiqarish jarayoni va ishchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Asaka va Qo‘rg‘ontepa tumanlarida viloyat Yermulkkadastri korxonasi filiallarining yangi binolari foydalanishga topshirildi.
Elmurod Ermatov, Andijon
KUN.UZ muxbiri
Mavzuga oid
22:45 / 19.11.2024
Madaniy meros agentligi Andijondagi Bobur haykalini ko‘chirish bo‘yicha tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi
13:31 / 19.11.2024
O‘zbekiston va Rossiya qo‘shma korxonalarni ko‘paytirishni muhokama qilyapti
10:40 / 19.11.2024
Andijonda Bobur haykalini ko‘chirib, o‘rniga savdo majmuasi, ko‘ngilochar markazlar qurish rejalashtirilmoqda
21:10 / 18.11.2024