Sport | 14:37 / 05.12.2018
10406
1 daqiqa o‘qiladi

FIFA «Milliy» stadioni chimini yangilashga pul ajratadi

Toshkentda FIFA Forward dasturi bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator masalalar muhokama qilindi. Qatnashchilarga  FIFA Forward dasturidan unumli foydalanish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Foto: O‘FA

O‘FA sayti xabariga ko‘ra, seminar so‘nggida FIFA vakillari Elia de Santis va Leonard Greter «Milliy» stadioniga tashrif buyurishdi. Ular yangi mavsum oldidan, stadion chimini FIFA Forward dasturi orqali yangilash bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan chora-tadbirlar haqida tegishli ko‘rsatmalar berishdi. 

Mazkur loyiha bo‘yicha kelgusida «Milliy» stadionining chimini yangilash ishlari FIFA Forward dasturi orqali moliyalashtirilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, FIFA vakillari «Milliy» stadion bilan yaqindan tanishib, faxriy mehmonlar kitobida o‘z tilaklarini yozib qoldirishdi.

Foto: O‘FA
Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid