Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston 2019 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi joylar ro‘yxatiga kiritildi
Foto: KUN.UZ
Airbnb O‘zbekistonni 2019 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi joylar ro‘yxatiga qo‘shdi.
O‘zbekiston, Tayvan va Mozambik servis tomonidan mamlakat sifatida tavsiya etilgan yagona yo‘nalishlarga aylandi. Boshqa o‘rinlarni aniq shaharlar yoki hatto joylar egalladi.
Servis O‘zbekistonga tashrif buyurishni maslahat bergan, sababi bu yerda YuNESKO ro‘yxatiga kiritilgan qator shaharlar bor, ularda qadimiy islom me'morchiligi bilan tanishish mumkin.
To‘la ro‘yxat quyidagicha ko‘rinish olgan:
1. Kaikoura, Yangi Zelandiya
2. Syamin, Xitoy
3. Puebla, Meksika
4. Normandiya, Fransiya
5. Greyt-Smoki-Mauntins Milliy bog‘i, AQSh
6. Buenos-Ayres, Argentina
7. Akkra, Gana
8. Mozambik
9. Tashqi Gebrid orollari, Shotlandiya
10. Vakayama prefekturasi, Yaponiya
11. Katskill tog‘lari va Gudzon vodiysi, AQSh
12. Santa-Katarina, Braziliya
13. Batumi, Gruziya
14. Vinnipeg, Kanada
15. Pondicherri, Hindiston
16. O‘zbekiston
17. Kalabriya, Italiya
18. Andalusiya, Ispaniya
19. Tayvan.
Mavzuga oid
14:01 / 24.05.2025
O‘zbekistonda bolalar sayyohlik dasturi doirasida 1 mln o‘quvchi mamlakat bo‘ylab sayohat qilishi mumkin
15:48 / 03.02.2025
O‘zbekistonlik yigit Spark’da Yevropaga safar qildi
15:42 / 28.01.2025
BBC O‘zbekistonni 2025 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi 25 ta manzil ro‘yxatiga kiritdi
14:42 / 11.11.2024