Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng yaxshi restoranlar ma'lum qilindi
TripAdvisor sayohatchilar uchun sayt dunyodagi eng yaxshi restoranlar reytingini e'lon qildi.
Ekspertlar ma'lum bir algoritmdan foydalangan holda, 2018 yil uchun ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan qo‘yilgan, butun dunyo bo‘ylab restoranlarga munosabat va baholar sonini tahlil qilib chiqishdi. Eng yaxshi 25ta muassasa ro‘yxatida birinchi o‘rinni Fransiyadagi Au Crocodile restorani egalladi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlardan Ispaniyadagi restoranlar joy oldi - Martin Berasategui va El Celler de Can Roca. Barcha uchta joy Michelin yulduzlari bilan belgilangan.



Shuningdek, jahon yetakchilari reytingiga Xitoy va AQShdan ikkita restoran, Meksika, Janubiy Afrika Respublikasi, Yangi Zelandiya, Tailand, Peru, Hindiston, Niderlandiya, Argentina hamda Kanadadan bittadan restoran kirdi.
2018 yil iyun oyida The World’s 50 Best Restaurants restoranlar asosiy xalqaro reytingi dunyoning eng yaxshi 50ta muassasasi nomini ma'lum qildi. Italiyaning Modena shahrida joylashgan Osteria Francescana restorani birinchi o‘rinni egalladi.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025