O‘zbekiston | 21:30 / 06.12.2018
10148
2 daqiqa o‘qiladi

Qaysi universitetga qancha? O‘zJOKUga 2019 yilda 2,5 mlrd so‘m ajratilishi mumkin

Fuqarolar uchun byudjyet loyihasida keltirilishicha, 2019 yilda yangi tashkil etilgan oliy ta'lim muassasalariga va ularni qayta tashkil qilishga sarflanadigan umumiy xarajatlar 79,7 mlrd so‘mni tashkil etishi prognoz qilindi.

Yangi tashkil etilgan oliy ta'lim muassasalari orasida “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga eng ko‘p – 2,8 mlrd so‘m, qayta tashkil qilingan oliy ta'lim muassasalaridan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga esa 15,3 mlrd so‘m ajratilishi kutilmoqda.

To‘liq ro‘yxat esa quyidagicha (ro‘yxatda yangi tashkil etilgan oliy ta'lim muassasalariga va ularni qayta tashkil qilishga sarflanishi prognoz qilingan xarajatlar kamayib borish kesimida ko‘rsatilgan):

1. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi - 15,3 mlrd so‘m

2. O‘zbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi Akademiyasi - 4,9 mlrd so‘m

3. "Ipak yo‘li" turizm xalqaro universiteti - 2,8 mlrd so‘m

4. "Federal davlat avtonom oliy ta'lim muassasasi "Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti "MISiS"ning filiali - 2,5 mlrd so‘m

5. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti – 2,5 mlrd so‘m

6. Milliy yadroviy tadqiqot universiteti “MIFI” federal davlat avtonom oliy ta'lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali 1,3 mlrd so‘m

7. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi diplomatiya oliy maktabi 741 mln so‘m

8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi filiali 622 mln so‘m

Loyihada prognoz qilinishicha, 2019 yilda oliy ta'lim muassasalarini moliyalashtirish uchun Davlat byudjyetidan 1,5 trln. so‘m ajratish rejalashtirilmoqda, bu esa 2018 yildagidan 1,5 barobar ko‘proqdir.

Mavzuga oid