Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimpiada g‘olibi bo‘lgan o‘zbekistonlik o‘smir shaxmatchilarga «Spark» avtomobillari berildi
Bugun, 6 dekabr kuni Butunjahon shaxmat olimpiadasida g‘olib chiqqan o‘zbekistonlik sportchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov, Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin, Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Jasur Matchanov va mamlakat sportining boshqa mutasaddi vakillari ishtirok etishdi.
Taqdirlash marosimida terma jamoaning eng yaxshi natija ko‘rsatgan uch a'zosi – Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboyev va Shamsiddin Vohidovga «Spark» avtomobillari sovg‘a sifatida topshirildi.
Ma'lumot uchun, Nodirbek Abdusattorov - xalqaro grossmeyster hisoblanadi. 2004 yilda tug‘ilgan shaxmatchi musobaqada birinchi taxtada eng kuchli sportchilar bilan dona surib, 9 imkoniyatdan 5,5 ochko jamg‘ardi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. Xalqaro toifadagi sport ustalari – 2002 yilda tug‘ilgan Nodirbek Yakubboyev va Shamsiddin Vohidov ham mos ravishda 8 va 7,5 ochko to‘plab, oltin medallarni qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, 16 yoshgacha o‘smirlar o‘rtasida Butunjahon shaxmat olimpiadasi 23 noyabrdan 3 dekabrga qadar Turkiyaning Konya shahrida bo‘lib o‘tdi. Jami 46ta jamoa ishtirokidagi turnirda O‘zbekiston terma jamoasi 9 imkoniyatning 8tasida g‘alaba qozonib, tarixda ilk marotaba birinchi o‘rinni egalladi.








Mavzuga oid
17:50 / 21.05.2025
Magnus Karlsen dunyo bo‘yicha 143 ming shaxmatchi bilan onlayn o‘yin o‘tkazdi
19:01 / 05.04.2025
“Har qanday loyihani, albatta, ekologik ekspertizadan o‘tkazamiz” – ekologiya vaziri AES haqida
20:52 / 26.03.2025
Ukrainalik grossmeyster g‘irromligi uchun 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi
11:56 / 28.02.2025