Jahon | 23:29 / 06.12.2018
29626
2 daqiqa o‘qiladi

Trampga 230 metr yo‘lni o‘tish uchun butun boshli kortej kerak bo‘lgani savollar tug‘dirdi

Foto: Reuters \Jim Young

AQSh prezidenti Donald Trampga sobiq prezident Jorj Bush oilasini kutib olish uchun 230 metr yo‘lni o‘tishga 8 ta avtomobildan iborat kortej talab etildi.

The Washington Post nashrining ma'lum qilishicha, Tramp rafiqasi Melaniya bilan Oq uyning mehmonlar uchun mo‘ljallangan qarorgohi Bler-xausga 8 ta avtomobil hamrohligida limuzinda kelib, u yerda Bushlar oilasi bilan 23 daqiqalik uchrashuv o‘tkazgan.

Uchrashuv yakunlangach, Tramp limuziniga o‘tirib, ortiga qaytib ketgan.

Nashrning yozishicha, Trampning  shunday qisqa yo‘lni o‘tish uchun butun boshli kortejdan foydalangani turli savollar, jumladan nima uchun shu qisqa yo‘lni shunchaki piyoda o‘ta olmagani borasida savol tug‘dirgan. 

Bushlar oilasi Vashingtonga 1 dekabrga o‘tar kechasi vafot etgan AQShning 41-prezidenti Jorj Bush bilan xayrlashish marosimiga kelgandi.

Bler-xaus Oq uy ro‘parasida, ko‘chaning narigi betida joylashgan.

Mavzuga oid