Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makkada eshitish qobiliyati cheklanganlar uchun maxsus namozxona ochildi
Makkadagi Masjidi Harom ishlari bosh boshqarmasi eshitish qobiliyati cheklanganlar (zaif eshituvchi, karlar) uchun surdotarjimon bo‘lgan namozxona ochdi. Bu haqda Islom.uz xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, bu namozxonada juma namozi, Fitr va Qurbon bayramlari mav'izalari, Istisqo (yomg‘ir duosi) namozi, darslar va Masjidi Haromda aytiladigan va'zlarni surdo-tarjima orqali yetkazish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, u yerda ko‘zi ojizlar uchun namozxonaga olib boradigan maxsus oq tutqichlar ham o‘rnatilgan.
Ta'kidlanishicha, namozxonada Brayl yozuvidagi Qur'oni karimlar, Mushafni tutib turuvchi maxsus uskuna ham mavjud. Bundan tashqari, bu kabi namozxonlar uchun aqlli soatlar ham ishga tushirilgan. Masjidda imkoniyati cheklanganlarning xavfsiz harakatlanishlari uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo qilingan.
Mavzuga oid
15:55 / 07.01.2025
Saudiya Arabistonida yomg‘irlar tufayli Makka va Madinani suv bosdi
08:16 / 28.08.2024
Makkada qiyin ahvolda qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
18:28 / 24.06.2024
Haj mavsumida vafot etganlar sonining ko‘pligi sabablari ma’lum qilindi
20:14 / 20.06.2024