Sport | 19:12 / 07.12.2018
8886
1 daqiqa o‘qiladi

Noyabr oyining eng chiroyli goli muallifi aniqlandi

Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ

O‘zbekiston Professional futbol ligasi noyabr oyining eng chiroyli goli muallifini e'lon qildi.

Uni aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, «Bunyodkor» jamoasi a'zosi Azizbek Haydarov tomonidan «Lokomotiv» darvozasiga urilgan gol eng ko‘p ochko jamg‘ardi. 

Ovoz berish jarayonida Azizbek Haydarov jamoadoshlari Oleg Zoteyev va Igor Yyelich, «Metallurg» yarimhimoyachisi Islom Isoqjonov, «So‘g‘diyona» yarimhimoyachisi Oybek Nurmatovni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.

Mavzuga oid